Biz kimmiz
Ailingo — O'zbekistondagi 8–15 yoshli bolalar uchun ingliz tilini o'rganish ilovasi (app.ailingo.uz va Google Play'dagi ilova). Ilova egasi — «Sayqal Solutions» MChJ. Savollar: support@ailingo.uz.
Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Ota-ona (hisob egasi)
- Google orqali kirishda — Google hisobining identifikatori va elektron pochta manzili. Ism va surat saqlanmaydi.
- Telegram orqali kirishda — Telegram identifikatori (shifrlangan holda). Ism, telefon raqami va foydalanuvchi nomi saqlanmaydi.
- Telegram-bot ulansa — xabar yuborish uchun chat identifikatori.
- Push-bildirishnomalar yoqilsa (faqat ota-ona xohishi bilan) — brauzerning obuna manzili va kalitlari; ularni ota-ona istalgan vaqtda o'chirishi mumkin.
Bola (ota-ona yaratgan profil)
- Laqab (haqiqiy ism shart emas), o'qish tili va alifbosi, ixtiyoriy yosh guruhi (tug'ilgan sana hech qachon so'ralmaydi).
- Profil qulfi — naqsh yoki PIN (faqat xesh ko'rinishida).
- O'qish natijalari: o'tilgan darslar, o'rganilgan so'zlar, ballar, kunlar seriyasi, o'yin natijalari.
Texnik
- Server jurnallari (IP-manzil, brauzer turi) — xavfsizlik va ishlash uchun, 90 kungacha.
- Ilovada reklama identifikatorlari va tashqi analitika yo'q.
Nima uchun kerak
Faqat ilova ishlashi uchun: kirish, bolaning yutuqlarini saqlash, ota-onaga hisobot va eslatmalar yuborish (Telegram, elektron pochta yoki push-bildirishnomalar orqali), yordam ko'rsatish.
Biz nima qilmaymiz
- Reklama ko'rsatmaymiz va reklama SDK'laridan foydalanmaymiz.
- Qurilma identifikatorlarini uzatuvchi tashqi analitikadan foydalanmaymiz.
- Ma'lumotlarni sotmaymiz va marketing uchun bermaymiz.
- Ilova ichida to'lovlar yo'q.
Uchinchi tomonlar
Ma'lumotlar bizning serverimizda saqlanadi. Google (Google orqali kirishda) va Telegram (Telegram orqali kirish yoki bildirishnomalarda) faqat kirish va xabar yuborishni ta'minlaydi. Push-bildirishnomalar brauzerning push-xizmati orqali yetkaziladi (Chrome va Android'da — Google); xizmatga bildirishnoma matni uzatilmaydi, u shifrlangan holda yuboriladi. Ularning o'z maxfiylik siyosati amal qiladi.
Bolalar haqida
Hisob kattalarga tegishli; bolalar uning ichidagi profillardan foydalanadi. Bolaning aloqa ma'lumotlari yig'ilmaydi. Profil qo'shish va o'chirish, hisobni o'chirish — faqat ota-ona tekshiruvidan so'ng.
Boshqa foydalanuvchilar nimani ko'radi
Reytingda va «So'z bellashuvi» o'yinida boshqa bolalar profilning laqabi, avatari va ballarini ko'radi — boshqa hech narsa. Shuning uchun laqab sifatida haqiqiy ismni yozish shart emas.
Qancha vaqt saqlanadi
Hisob mavjud ekan. Hisob o'chirilgach, ma'lumotlar darhol asosiy bazadan, 30 kun ichida esa tiklash nusxalaridan ham o'chiriladi.
O'chirish
Ota-ona hisobni ilovaning o'zida o'chira oladi: Men → Ota-onalar uchun → Hisobni o'chirish. Batafsil: Hisobni o'chirish
Xavfsizlik
Aloqa shifrlangan (HTTPS). Telegram identifikatori va elektron pochta shifrlangan holda saqlanadi; profil qulfi — faqat xesh. Ma'lumotlarga kirish cheklangan.
O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, sanasi yangilanadi. Savollar: support@ailingo.uz.